“Каmolot”YOIX Chortoq tuman Kengashi tomonidan kasb-xunar kollejlari talabalari va maxalladagi uyushmagan yoshlar bilan o’tkazilgan “Xokim va yoshlar” uchrashuvi xaqida

Chop kilish

     Namangan viloyat xokimining 2014 yil 13 fevraldagi 47-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yil 27 mart kuni tumandagi 14- sonli Musiqa va san’at maktabi faollar zalida Yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakillantirishga ko’maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida  “xokim va  yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-2124-sonli qarorini tumanda bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan davra suxbatida CHortoq tuman xokimi A. N. Boyxonov, “Kamolot” YOIX tuman Kengashi, “CHortoq xaqiqati” bosh muxarriri D . Xaydarova, Kasaba uyushmalari muofiqlashtiriuvchi tuman kengashi xamda tumandagi mavjud Akademik litsey va kasb xunar kollejlari bitiruvchilaridan 185 nafar yoshlar ishtirok etdi.

 

    Tadbirni tuman xokimi A. Boyxonov  ochdi va olib bordi. U o’z so’zida yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar  hamda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risidagi qonunning mazmuni va moxiyati xaqida hamda yoshlarni xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun nimalarga e’tibor berishlari kerakligi to’g’risida xayotiy misollar bilan tushuntirib berdi. SHu bilan bir qatorda 2013 yilda yoshlarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar xaqida to’xtalib o’tdi. SHuningdek 2014 yilda xam yoshlarimizga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilayotganligi xaqida ma’lumotlar berib o’tdi.

    SHundan so’ng “Kamolot” YoIX tuman Kengashi bosh mutaxassisi I.Soliev so’zga chiqib tumandagi mavjud akademik litsey va kasb xunar kollejlari bitiruvchi yoshlari o’rtasida  “Mening biznes g’oyam” tanlovi o’tkazilyotganligini va eng samarali deb topilgan yosh tadbirkorlarning biznes rejalariga tijorat banklari tomonidan eng kam oylik ish haqining 50  barobaridan 200 barobarigacha bo’lgan miqdorda markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50% idan yuqori bo’lmagan foiz stavkalarida imtiyozli mikrokreditlar ajratilishi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi.                                                       

    SHundan so’ng yoshlar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga tuman xokimi A. Boyxanov  tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.