“Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida o’tkazilganyoshlar festivali

Chop kilish

         “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tashabbusi bilan 2015 yil 29 aprel kuni Chortoq tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’ati maktabida hamda Chortoq tibbiyot kollejllarida Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivali o’tkazildi. O’tkazilgan festival loyixasi doirasida yurtimizning taniqli yozuvchi, shoirlari va adiblar, kino aktyorlar hamda estrada xonandalari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

         O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan o’tkazilgan  tadbirda Chortoq tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’ati maktabida “Zamonamiz qahramonlari” loyihasi. Tadbir doirasida “O’zbekiston Qahramoni” unvoni egalari va mehnat faxriylari, ulkan yutuqlarga erishgan yoshlar, davlat mukofotlari sohiblari ishtirokida uchrashuvlar o’tkazildi.

         “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” loyihasi. Tadbirda “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj yoshlar guruhlari tomonidan doirasida 1 nafar 2-jaxon urushi qatnashchisi hamda 1 nafar mehnat faxriylari xonadonlariga tashrif buyurib ularning holidan xabar olinib bayram sovg’alari topshirildi.

         SHunigdek CHortoq tibbiyot kollejida “Sotqin” nomli kino filьm namoyishi  o’tkazildi. Tadbir doirasida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi ma’sul xodimi I.Raximov, el sevgan xonandalar Gulasal Abdullaeva, Xusan.Tojimirzaev, aktyorlardan Alisher Ataboev, Dima Polyakov, shoir Botirjon Ergashev hamda O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni soxibasi Navruza Yaxyoevalarning har bir chiqishlari yoshlar qalbidan joy oldi.

         O’tkazilgan festival davomida tumandagi iqtidorli yoshlar tomonidan mushoiralar,ona Vatanni madx etuvchi kuy-qo’shiqlar qiziqarli chiqishlar tashkil etildi.

         Tadbirda kollej tadabalari, maxallardagi uyushmagan yoshlar, maktab boshlang’ich tashkilot yetakchilaridagi 715 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.

         Tadbir yakunida iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni mehmonlar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.