Istirohat bog`lari

Chop kilish

   Chortoq shahri markazidagi “Furqat” nomli madaniyat va istirohat bog’ida kapital rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida bog’ xududida bo’sh turgan yerlarni tanlov asosida tumandagi tadbirkorlarga ijaraga berildi. Bog’da obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, ta’mirlash tiklash, dam oluvchilar uchun yetarli sharoitlar yaratish, manzarali gullar va daraxtlar ekish, binolar va inshootlarni ta’mirlash, yangi attraktsionlar o’rnatish, hamda madaniyat va istirohat bog’ini shaxarsozlik talablari asosida zamonaviy ko’rinishda tashkil etish bo’yicha xususiy tadbirkor Xojimirzaev Toxirjon tomonidan 300.0 mln so’m mablag’ sariflanib “Sim-Sim” yoshlar majmuasi qurib ishga tushirildi. “Moxi-nur fayz” MCHJ tomonidan 300.0 mln so’m davlatdan kredit rasmiylashtirish asosida 2 ta miniy futbol maydonchasini qurib bitkazib tuman yoshlariga tuxfa etdi. Xususiy tadbirkor Rejabboev Ibroxim tomonidan tumanimiz yoshlari uchun “SHirin dunyo” nomli muzqaymoq shaxobchasi hamda bolalar attraktsioni qurib ishga tushirildi. Bog’da hozirgi bir kunda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda.Chortoq shaxar “Furqat ”nomli madaniyat va istiroxat bog’ida Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlab Har kunimiz navro’z bo’lsin” mavzusida  xalq sayli o’tkazildi. Ushbu tadbirda 1200 dan ortiq tuman axli ishtirok etdi, bog’da ishga tushirilgan atraktsionlarda bayram ishtirokchilari miriqib xordiq chiqardilar.O’tkazilgan saylda bog’ni 4 ta joyida “Chortoq tongi” xalq xavaskorlik ansamblini kontsertlari va  ko’rgazmali bayram tomoshalari tashkil etildi. bayrami o’tkazildi.      Unda tuman hokimi va   o’rinbosarlari, xuquqni muxofaza  qiluvchi  idoralarning rahbarlari, mehnat faxriylari, korxona, tashkilot,  muassasalarning boshliqlari, mexnatda o’rnak ko’rsatgan ishchi xizmatchilar, jamoatchilik vakilari, yoshlar ishtirok etdi. Tantanali bayram tadbirida tuman xokimi, xalq deputatlari viloyat Kengash deputati Alisher Boyxanov so’zga chiqib,  barcha bayramda ishtirok etayotgan  tumanimiz xalqini ko’xna  va xamisha navquron Navro’z bayrami bilan tabrikladi.

   Yurtimizda olib borilayotgan isloxotlar natijasida erishilgan yutuqlarga to’xtab o’tdi.  Navro’z bayramiga bag’ishlab tayyorlangan bayram dasturi dillarga  xar qachongidan o’zgacha quvonch va tarovat bag’ishladi.

   Bayramni asosiy badiiy qismi  Boxoroy va Navruzbek va sho’x–shodon bolalarni chiqishlari, xamda “Chortoq tongi” xalq xavaskorlik ansambili ijrosidagi ommaviy qo’shiq bilan boshlandi ushbu qo’shiqda Chortoq Tibbiyot kolleji raqqosa qizlari o’z raqslarni ijro etdilar.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.