Muqaddas ziyoratgohlar

Chop kilish

   “Baliqko’l” (majmuasi) Bog’iston qishloq fuqarolar yig’inida joylashgan. Baliqko’l me’moriy yodgorligi, 1853 yilda masjid sifatida mahalliy ustalar Usta Mullaho’ja va Usta Tilla Hojimat rahbarligida mahalliy aholi tomonidant hashar yo’li bilan qurilgan. Majmuaning umumiy yer maydoni 4,03 gektardan iborat bo’lib, maqbara, masjid, qabriston va shifobaxsh buloqlar mavjud. Masjidga yaqin joyda Sulton Said Uvays Qaroniy degan avliyoning qabri, va o’rta asrlarga oid Oqyortepa arxiyalogik yodgorligi joylashgan. Rivoyatlarga ko’ra Sulton Voiz, ya’ni Sulton Said Uvays Qaroniyning onasi Bibirohat (Bibinaima) eri o’lgach yakkayu yagona o’g’lini o’ylab, qayta turmush qurmabdi. O’g’li ham ko’zi ojiz onasini ahvoliga achinib, uni yolg’iz tashlab ketishga ko’ngli bo’lmay, bir umr uylanmay o’tgan ekan. Bundan tashqari bu maskanda baliqliko’l bo’lib, mo’jizaviy sirlarga ega. Ko’l yoki baliqli buloqlarning suvi o’ta tiniq, musaffo, shirin

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.