Umumiy ma`lumot

Chop kilish

   Chortoq tumani  relefi asosan tog’ oldi adirlik xudud  xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi 405-460 m. iqlimi  jixatdan kontinental deyilsa-da, tez o’zgaruvchan. Yovvoyi xayvonlar juda kam, yirtqichlari esa deyarli yo’q.

   Yoz oylarida havo harorati keskin  ko’tarilib, quruq-nam    va issiq bo’ladi. Tog’ va tog’ oldi zonalarida esa havo salqin, namligi yuqori bo’lib, bu joylarda ko’plab dam olish maskanlari joylashgan. Bu xududlar issiq mineral buloqlarga boy. Ayniqsa, Xazratishox Q.F.Y, Gulshan Q.F.Y, Bog'iston Q.F.Y suvlari shifobaxshligi bilan shuhrat qozongan.

   Tumanning umumiy maydoni 377,8 kv.km, doimiy aholisi 178,9 ming shundan shaharda 
127,0 ming kishi, qishloqda 51,9 ming kishi istiqomat qilmoqda.

   Tuman markazi Chortoq shahri bo'lib, unda aholi soni 58,4 ming kishini tashkil etadi.

   Tumanda  14  millat  vakillaridan  iborat,   shulardan   98 foizini uzbeklar, qolganini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi.

   Chortoq tumani asosan sug’oriladigan dehqonchilik va bog’dorchilik regionidir. Uning hududidan katta Namangan va Shimoliy Farg'ona kanallari o'tadi.

   Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini hamda sog’lomlashtirish muassasalarining hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash  sanoatini rivojlantirish  imkoni mavjud.

   Shuningdek, tumanda 1 ta tarixiy me’morlik obidalari va ziyoratgohlari mavjud bulib, Baliqlik Mozor, ziyoratgohi shular jumlasidandir.

   Asosiy ishlab chikarish tarmoklari paxtachilik, g'allachilik, chorvachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, bog'dorchilik va pillachilikdan iborat.

  Chortoq shifobaxsh maskan. Bu yerda ko'p tarmoqli "Chortoq sanatoriyasi", "Gulshan" sixatgoxi, "Erkin" sixatgoxi va "Chortok bolalar" sixatgoxlari faoliyat ko'rsatadilar va Respublikamizning turli viloyatlaridan davolanuvchilar kelib davolanib ketadilar.

   Tuman xududidan katta Namangan va SHimoliy Farg'ona kanallari o'tadi. SHuningdek Andijon-Namangan  temir yo'li shu xududdan o'tadi.

   Chortoq O'zbekiston Xaritasida Farg'ona vodiysining 41gr.2,1 kenglik, 71 gr.-11,1 sharkiy uzoklikda joylashgan. Dengiz satxidan 460 metr baland bo'lib, tog' oldi adirlik xudud xisoblanadi. Iqlim jixatdan kontinental deyilsa-da, tez o'zgaruvchan. Yovvoyi xayvonlar juda kam, yirtkichlari esa deyarli yo'q.

   Parrandalarning uy turlaridan tovuk, o'rdak, g'oz, kurka, tovus boqiladi. Bedana, kaptar, kaklik singari tutqinda bo'lmagan qushlar bor.

   Qazilma boyliklariga neft, gaz, oxaktosh, gil tuprok, mineral suv buloqlari kiradi. Tog'oldi xududlarida toshlardan kurilish materiali sifatida keng foydalaniladi. Tuprog'idan sifatli pishiq gi'sht tayyorlanadi.

   Tumanimiz joylanish o’rni va tabiati iqlim sharoiti jixatidan qulay mintaqada joylashgan.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.