Tuman tarixi

Chop kilish

   Chortoq deyilishiga kupgina asoslar bor. Jumladan, tumanimizda mavjud bulgan beshta arxeologik yodgorlik-tepalar Uzbekiston Faning tarix inistuti tomonidan urganish uchun ruyxatga olingan. Bular «Dust tepa» «Mozor tepa» «Tobol tepa» «Ok yer tepa» «Uch tepa» tarixiy yodgorliklardir. IX-X asrlarda yashagan arab sayyoxlari Ibn Xordadbek va Istaxriy tomonidan bitilgan yozma manbalarda Chortoq so’zi "turt taxt" deb tilga olingan bo’lib, bu arabchada "CHOR TAXT" ma’nosini anglatadi.Chortoqdan eng guzal, xushmanzara va maftunkor maskan-Peshkurgon xakida «Boburnoma»da aloxida zikr etilganligi bu tumaning utmishi xozirgi bekiyos tabiatiga, guzalligiga uygun bulganligi dalildir.Z.M. Bobur uzining «Boburnomasi»da Chortoq suziga tuxtalib, bu suz uzaro alokani mustaxkamlash vositasi ekaniga ishora kilib, «Muxammad Maxsu Mir edi. Kandaxorni onga berib edi. Xiriga keltirganda ulug tuy kilib yaxshi Chortoq bogladi». Bu yerda Chortoq atamasi turt burchakli chodir, turt gumbaz ma’nolarini bildirishi ifoda etilgan. Uzbekiston Respublikasi Mustakilikka erishgandan sung, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin uzgardi. Tumanda istiklolning yokimli shabodalariga tashna bulib kelgan kalblarga katta madad va ilxom baxsh kuch xatto olga kadam tashlashga  undamokdaki buni yurtboshimiz boshchiligida tumanimizda amalga oshirilayotgan isloxatlar misolida xam yorkin kurish mumkin. Kichik korxonalarni dadillik bilan ishga tushirilishi xorijiy davlat sarmoyadorlari bilan uzaro xamkorlik urnatilishi davlat ta’sarrufidagi korxona tashkilot va muassasalarning xususiylashtirilishi muvofakiyatlar garovi bulmokda. Axolining yashash sharoitlarini yaxshilash maksadida Respublikamiz Prezidentining tashabbusi bilan boshlangan sa’y-xarakat tumanda xam uz samarasini boshladi.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.