MANA, BUGUN NAVARO’ZI OLAM!

Chop kilish

"Navro’zi olamni biz barcha SHarq xalqlari qatori azal-azaldan, ming yillar davomida, "Avesto" zamonlaridan buyon saqlanib va e’zozlanib kelayotgan, bizning milliy tabiatimiz va odatimizdan ajratib bo’lmaydigan, eng qadimiy va eng sevimli, chindan ham, haqiqiy xalq bayrami sifatida qadrlaymiz".

 

                         Islom KARIMOV.

Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Amu sohillarida yashagan qadimgi xorazmliklar ilk bahor shabadasi esa boshlagan damlarda yangi yil bayrami - Navro’zni nishon-lashgan. Bayram dasturxonini yetti xil ko’katdan tayyorlangan ne’matlar bilan bezatishgan.

Hozir ham yurtimizning ayrim qishloqlarida Navro’z kunlari sumalak pishiri-layotgan damlarda, yetti xil ko’katdan maxsus somsa pishi-rish udumlari ana shu vaqt-lardan qolgan azaliy udum. Keksalarning xotirlashlariga ko’ra, ilgarilari elning obro’-li kishilaridan biri - hunar-mand va kosiblar oqsoqoli yetti xil ne’mat solingan patnisni ko’tarib yurib, Navro’z bayrami shodiyonalari boshlan-ganligini xalqqa ma’lum qilgan. Hatto, "etti sin"dan (afg’on udumiga ko’ra "haft sin", ya’ni "etti sin" - nomi "sin" harfi bilan boshlana-digan yetti xil taom pishirish an’anasi) biri - sumalakni pishirishda ham yettilikka amal qilingan. Masalan, hozir ham undirish uchun ivitib qo’yilgan bug’doy yetti kun taxtachaga yoyib qo’yiladi. Yetti kundan so’ng unib chiqqan maysa, yetti marta suvda yuvilgach, suvini siqib chiqarish uchun maydalagichga solinadi.

Ajdodlarimizdan qolgan yana bir odatga ko’ra, Navro’z kunlari bayram dasturxoniga "Navro’z go’ja" qo’yiladi. Navro’zning "yetti ko’kat"i haqidagi qadimiy tasavvurlar asosida paydo bo’lgan bu udum, ayniqsa, vohada keng tarqalgan. "Navro’z go’ja" masallig’ining tarkibi ham yetti ne’matdan iborat: jo’xori, bug’doy, arpa, tariq, guruch, mosh, loviya.

 

Xalqimiz orasida dehqonchilik bilan bog’liq yumushlarni bajarish muddatlari kuzda issiq o’lkalarga qishlash uchun uchib ketadigan mavsumiy qushlarning erta bahordan yurtimizga qaytib kelish vaqtiga qarab ham belgi-langan. Tajribali dehqonlar har yil bahorda qushlar uchib keladigan vaqtda ob-havoda muayyan o’zgarishlar sodir bo’la-di, deb hisoblaydilar. Hatto, mavsumiy qushlarning ko’klamda qaytib kelishi muddatlariga asoslangan o’ziga xos xalqona taqvim ham yuzaga kelgan bo’lib, bu xalq hisobi "qush qayi" yoki  "dolg’a hisobi"  deb ataladi.

 "Qush qayi" hisobi har yili taxminan 10 fevraldan keyin "sarisamanak", ya’ni "choy" nomli qushlarning uchib kelishi bilan boshlangan. Ma’lum bo’lishicha, "choy" - odatda, fevralь oyining oxirida, qor aralash yomg’ir yog’ib turadigan kunlari keladigan "kalxat" degan qushdir. Bu qushning ovozini eshitgan dehqon yaqin kunlar ichida havo jo’nashib ketishiga amin bo’lib, ekish oldi yumushlarini bajarishga kiri-shib ketgan. Ba’zan bahor erta kelgan yillari ayrim ertapishar ekinlarni ekish ham shu "qush qayi"dan boshlangan.

Turnalar barvaqt uchib kelsa, bahor erta boshlanadi, deydi dehqonlarimiz. Bu qushlar to’p-to’p bo’lib o’yin-raqsga tushsa, kun isiydi, ular qichqirsa, yomg’ir yog’adi, deb ta’bir qilinadi. Tajribali dehqonlar turnalar-ning ko’klamgi uchib kelishigagina emas, balki kuzda issiq o’lkalarga uchib ketishiga ham e’tibor beradilar. Ularning ko’p yillik kuzatuvlariga qaraganda, kuzda turnalar baland uchsa, kuz uzoq vaqt davom etadi. Ular barvaqt va pastlab uchib ketishsa, qish qattiq kelarmish.

 

Yana kun va tun tenglashib, o’lkamizga bahoriy bayram - Navro’z kirib kelganida bu ko’hna olamning muvozanat deb atalmish mangu hikmati takrorlanayot-gandek bo’ladi. Odamning hayoti, kechinmasi, turmushi, hatto, taqdiri ham shu muvozanat bilan bog’liq holda ayla-nayotgandek go’yo... suv va quruqlik, ayoz va jazirama, kun va tun, hosildor bog’-rog’laru qovjirama sahro - bu ikki qutb o’rtasidagi ilohiy muvozanat - o’zaro mutanosiblikdan darak emasmi? Biri ikkinchisining ziddi yoxud aksi bo’lsa-da, orada abadiy uyg’unlik mavjud. Har qutbning o’z o’rni bor. Ular aylanib o’z davriga yetguncha orada o’tgan fursatlar sog’inchlarga limmo-lim to’lib toshadi. Inchunin shoir "Sen bahorni sog’inmadingmi?" deya yozadi.

Darvoqe, har gal bahor ayyomlarida O’zbekiston Xalq artisti Ikromjon Bo’ronov ijrosida yangraydigan bu qo’shiq ham xuddi bahoriy udumlar-ning biriga aylanib ketgandek go’yo, bahorni chindan ham sog’inganingni eslatib turadi:

Mana, bugun   Navro’zi

                          olam,

Do’stlarimga gullar

                      tutarman.

Qaylardasan, sevgili

                            erkam...

Qo’limda gul, seni

                        kutarman,

Umrim bo’yi chorlab

                          o’tarman,

Sen bahorni

                            sog’inmadingmi?..

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.