G’ALABA MUBORAK

Chop kilish

Yurtimizga tashrif buyurgan Bahor bu yil ham minglab, millionlab   qalblarga quvonch olib keldi.  Xushxabarlar dillarni quvonchga to’ldiradigan yutuqlar bilan uzviy bog’lanib ketmoqda. Yana, «Oyqiron» shaharchasidagi «Bog’» mahalla fuqarolar yig’ini hududiga ko’pchilik to’plandi. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo’lib o’tgan xalqaro turnirdan qaytgan Sarvar Murodillaevni tantanali kutib olish tadbiri o’tkazildi.

 

Nafaqat tumanimiz, viloyatimizni balki butun O’zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Sarvar o’z mahoratini ko’rsatdi. Indoneziya, Xitoy, Eron va Malayziya mamlakatlaridan ishtirok etgan karate ustalarini mag’lubiyatga uchratdi. Unga, g’oliblik shohsupasida Oltin medal topshirildi. Respublikamiz bayrog’i ko’tarilib, madhiyamiz yangraganda bu   O’zbek o’g’loniga ko’pchilik xavas bilan qaradi.

Bugina emas, Sarvar Murodillaev 2020 yili Tokioda bo’ladigan XXXII yozgi Olimpiya  o’yinlarida qatnashish imkoniyatini ham qo’lga  kiritdi. Tumanimizda ana shunday yosh sportchilarimiz safi ko’payaversin.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.