O’G’LIM QASAMYOD QABUL QILDI

Chop kilish

Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy armiyamizning shakllantirish borasida keng ko’lamli islohotlar olib borildi. Pirovardida, bugungi kun  talablari darajasidagi tezkor, zamonaviy harbiy texnikaga ega bo’lgan qurolli Kuchlarimiz vujudga keldi. Xalqimizning tinchligi va osoyishtaligi Vatan himoyachilari, mard va jasur o’g’lonlarimiz tomonidan ta’minlanmoqda.

 

SHu kunlarda Prezidenti-mizning 2016 yil 21 dekabr-dagi "O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni qurolli Kuchlar rezerviga bo’shatish to’g’risida"gi qaroriga muvo-fiq, joylarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarning harbiy qasamyod qabul qilishlariga bag’ishlan-gan tantanali marosimlar o’tkazilmoqda.  Unda Vatan himoyasidek muqaddas burchni ado etishga bel bog’lagan mard va jasur o’g’lonlar harbiy qasamyod qabul qilib, yigitlik burchla-rini mardonavor bajarishga kirishishyapti. quvonarlisi, bunday marosimlarga askarlar-ning ota-onalari va yaqin qarin-doshlari ham taklif etilmoqda. Bu esa, tadbirlarni yanada ko’tarinkilik bilan o’tishini ta’minlamoqda. 

- Bugun biz uchun qo’shaloq shodiyona, - deydi, Isroiljon Tillaev. - Navro’z umumxalq  bayrami arafasida o’g’lim Ismoil o’z yigitlik burchini o’tash yo’lida Vataniga, xalqiga va Prezidentiga qasamyod qabul qildi. Ushbu marosimda qatnashish maqsadida turmush o’rtog’im Orifaxon bilan birga Jizzax viloyatiga tashrif buyurdik. O’g’lim xizmat boshlagan harbiy qismda  bizni juda iliq kutib olishdi. Tadbir boshlanib,  hayajonli daqiqalar yetib keldi.  O’g’limiz qaddini g’oz tutib, keng maydon uzra jarangdor ohangda qasamyod qilar ekan, beixtiyor, ko’zlarim quvonchdan yoshlandi. Ota-ona uchun farzand kamo-lini ko’rish bu  - baxt.   Buni shu kuni qalbdan his etdim. O’g’lim milliy armiyamiz safiga chaqirilguniga qadar Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetini tamomlagan edi. Uning harbiy qasamyodini eshitganda esa ich-ichimizdan faxrlandik.  Kelgusida harbiy sohada o’z faoliyatini davom ettirib, oliygohda olgan bilimlari va xizmat davomida orttirgan tajribalari asosida Vatanimizga munosib o’g’lon bo’lishiga va qasamyodiga sodiq qolishiga ishonaman. qolaversa, bu -  farzandimning ham ulkan orzularidan biri hisoblanadi.

Darhaqiqat, Isroil akaning quvonchi cheksiz. Biz ham mana shunday bayram shukuhi kezib yurgan ayni damlarda  u kishining shodliklariga sherik bo’ldik. Farzandlari kelgusi yil shu kunlarda o’z yigitlik burchini namunali o’tab, ota-onasi bag’riga yorug’ yuz bilan qaytishini tiladik.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.