KUTUBXONA ISLOHOTLARI AMALDA

Chop kilish

O’quvchi - yoshlarimiz ongi va qalbiga bunyod-korlikni singdirish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish bugungi kunning  talabidir. Ana shunday insonparvarlik g’oyalarini targ’ib qilishda kutubxona xodimlarining o’rni alohida ahamiyatga ega.

Kutubxona xodimlarini bilim va ko’nikmalarini yanada yaxshilash maqsadida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli  umumta’lim maktablarning kutubxona xodimlari o’rtasida kunlik o’quv dars tashkil etildi. O’quv darsi viloyat  axborot-resurs markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi. Viloyat ARMning yangi axborot texnologiyalari va internet sinfi bo’lim mudiri  D. Sultonov, M. Eshonboboeva,                   I.  Yakubjanovlar zamonaviy kutubxonachilikni yo’lga qo’yish bo’yicha atroflicha tushunchalar berishdi. Tuman ARM rahbari E. Bobarahimova, M. Dedamirzaevalar ham kutubxonachilarga sohada ish tajribalarni yuksaltirish bo’yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berishdi.

 

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.